Texnomart GUM filialida Samsung kompaniyasining SmartThings zonasi ochildi

SmartThings zonasining ochilish marosimida kundalik hayotga uygʻunlashib keta oladigan turli xil qurilmalar taqdim etildi.

Texnologiya jadal rivojlanayotgan bugungi dunyoda «aqlli uy» tushunchasi endi xayolimizdagi gʻoyalar emas, balki kundalik hayotimizda sodir boʻlayotgan haqiqatga aylanib bormoqda. Yaqinda Texnomart Gum filiali Samsung SmartThings zonasini ochdi. U yerda har bir kishi eng soʻnggi Samsung smart qurilmalari bilan tanishishi va ular kundalik hayotni qanday yaxshilashi mumkinligini bilib olishi mumkin.

SmartThings zonasining ochilish marosimida kundalik hayotga uygʻunlashib keta oladigan turli xil qurilmalar taqdim etildi: smart televizorlar va sovitkichlardan tortib xavfsizlik tizimlarigacha. Tashrif buyuruvchilar nafaqat Samsung mahsulotlarini amalda koʻrishlari, balki uy boshqaruvini imkon qadar osonlashtira oladigan foydali qurilmalarni sinab koʻrishlari, shuningdek, maishiy texnika va gadjetlar sovrin sifatida yutiladigan oʻyinda ishtirok etishlari mumkin boʻldi.

Samsung SmartThings — bu «aqlli uy» ekotizimidir. U yagona ilova yordamida bir nechta qurilmalarni boshqarish imkonini beradi. Tizimning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:

Qurilmalar integratsiyasi: SmartThings Samsung mahsulotlari hamda aqlli uyga mos boshqa keng turdagi qurilmalarni qoʻllab-quvvatlaydi. Bu foydalanuvchilarga barcha qurilmalarini yagona qulay tizimga ulash imkonini beradi.

Smartfondan boshqarish: boshqaruv to‘liq SmartThings mobil ilovasi orqali amalga oshirilganligi sababli foydalanuvchilar endi qurilmalarini dunyoning istalgan nuqtasidan boshqara oladi. Bu esa yuqori darajadagi qulaylik va xavfsizlikni taʼminlaydi.

Shaxsiy ssenariylar yaratish: SmartThings sizga avtomatlashtirilgan ssenariylar yaratishga imkon beradi. Misol uchun, uyga kelganingizda chiroqlar yonadi, xona harorati optimal darajaga tushadi va turli gadjetlarda musiqa ijro etiladi. Bularning barchasi yagona dastur nazorati ostida boʻladi.

Kuzatuv va xavfsizlik: SmartThings yordamida foydalanuvchilar kameralar va sensorlarni ulashlari mumkin. Bu ularga jonli ravishda uy xavfsizligini kuzatish va shubhali harakatlar haqida bildirishnomalar olish imkonini beradi.

AI yordamida energiya sarfini boshqaring: SmartThings unga ulangan qurilmalarning energiya sarfini optimallashtirishga yordam beradi. Bu nafaqat qulay, balki energiya uchun xarajatlaringizni ham optimallashtiradi.

SmartThings'dan foydalanish uchun ilovani Galaxy Store, Google Play Store yoki App Store'dan yuklab oling. Haqiqatga aylanib ulgurgan kelajakning bir qismi bo‘ling! SmartThings ekotizimi qay tarzda uyingizni oʻzgartirishi va haqiqiy «aqlli uy»ga aylantirishini bilib oling.

Batafsil maʼlumot uchun:

Sayt: samsung.uz

Telegram: @SamsungUzbekistan

Reklama huquqi asosida

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling