Srechko Katanes sogʻligi yomonlashgani sabab MTJ yigʻinida qatnashmaydi

Jamoa bilan yordamchi murabbiylar ish olib boradi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bugun Qatar poytaxti Doha shahrida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bosh murabbiy Srechko Katanes salomatligi yomonlashgani sababli shifokorlar tavsiyasiga koʻra ushbu yigʻinda qatnasha olmaydi.

Yigʻin davomida jamoa bilan yordamchi murabbiylar Alesh Chex hamda Vlado Radmanovich ish olib boradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling