Farg‘onada soliqchi 30 ming dollar pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasining katta inspektori o‘z ukasiga 2023-yilda Farg‘ona tumanidan auksion orqali 30 yilga ijara asosida berilgan 48 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan. Bu haqda DXX xabar berdi.

U yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali yerni xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 ming dollar talab qiladi. 

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida soliq idorasi xodimi pulni olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling