Gurlan tumanidagi “Soliq servis” DUK bosh mutaxassisi soliq idoralaridagi tanishlari orqali 2 kishiga ular muqaddam hech qayerda ishlamagan bo‘lsa ham, 2025-yil yanvar oyidan iyun oyiga qadar bo‘lgan davrda ularga ish haqi hisoblab, bu haqida maʼlumotnoma rasmiylashtirib berishini aytadi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda mutaxassis o‘z xizmati evaziga 12,5 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.