Bugundan boshlab Respublika bo‘ylab ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘ylab sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. 3-noyabrdan 5-noyabrgacha ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi, 4-noyabr ba‘zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.
4 va 5-noyabr kunlari harorat kechasi 0, -3 daraja sovuqgacha, shimolda -5 daraja sovuqgacha, kunduzi 5-10 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.
6-noyabrdan boshlab hafta oxirigacha O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib qoladi. Ba‘zi hududlarda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Havo harorat 3-5 daraja iliqgacha, kunduzi 13-16 daraja iliqgacha ko‘tariladi.
Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, bugun kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 14-16 daraja iliqni tashkil etadi.
4-noyabrdan 5-noyabrning tongiga qadar vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Havo harorat 4-5-noyabrda kechasi 0-2 daraja sovuqgacha, kunduzi 5-7 daraja iliqgacha pasayadi.
Hafta ohirida kechasi salqin havo haroratlari saqlanib qoladi, kunduzi esa10-13 daraja iliqgacha ko‘tariladi.