Tuman tibbiyot birlashmalari negizida sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi

Prezidentning “Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi

Prezidentning “Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan 15 ta tuman (shahar)larda, 2026-yil 1-yanvardan Samarqand viloyatida tajriba-sinov tariqasida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modelini (Tajriba-sinov loyihasi) joriy etish doirasida sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish orqali oilaviy poliklinikalarda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish;
  • tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini oshirish, ular mehnatiga munosib haq to‘lash tizimini joriy qilish.

Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish maqsadida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari negizida tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi. Quyidagilar tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlarining asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:

  • ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarni markaziy shifoxonalarning maslahat-diagnostika bo‘linmalariga aylantirish;
  • tibbiyot xodimlari faoliyatini tasdiqlangan mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat qilish hamda natijalar asosida ularni rag‘batlantirish.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling