Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Buxoroda sud xodimi pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. 

Buxoroda sud tizimi xodimining noqonuniy harakati fosh bo‘ldi, deb xabar berdi DXX.

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudining arxiv mudiri ichki ishlar organlari tomonidan qo‘zg‘atilib, JIB Kogon shahar sudi tomonidan ko‘rib tamomlangan jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchiga sud tizimida ishlovchi vakolatli tanishlari orqali yengillik yaratib berish hamda kelgusida hukmni o‘zgarmasligini vaʼda qilgan.

Buning evaziga 700 dollar talab qilib, muqaddam 100 dollar oladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda arxiv mudiri qolgan 600 dollarni olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling