Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida yuqori kuchlanishli (10 kV) yer osti elektr uzatish kabel liniyalarini oʻtkazish ishlari boshlanmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur loyiha isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlashning ishonchliligi va barqarorligini oshirishga qaratilgan.
Shu munosabat bilan, 10-aprel soat 10:00 dan 30-aprel soat 17:00 gacha Sultoniya koʻchasining Buyuk Ipak yoʻli chorrahasidan to Sultoniya 5-tor koʻchasigacha boʻlgan qismida transport harakati qisman cheklanadi.
Harakatlanish bir qatorda amalga oshiriladi.