Bugun soat 14:29 da Navoiy IESdagi 12-sonli transformatorda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ushbu yong‘in Navoiy IES Yong‘in xavfsizligi xizmati hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan soat 14:49 da qurshab olinib, to‘liq bartaraf etilgan.
Stansiya 44 yil avval ekspluatatsiya qilingan bo‘lib, undagi faqat 12-sonli transformatorda yong‘in sodir bo‘lgan.
Bu yong‘in energotizimga (elektr ta’minotiga) salbiy ta’sir qilmagan. Yong‘in natijasida to‘xtatilgan energoblok o‘rni zaxira quvvatlari hisobidan ta’minlandi. Iste’molchilarga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda.
Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q. Ayni paytda stansiya barqaror ishlamoqda.
Hozirgi vaqtda yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling