Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi

Davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 8-9 may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling