Tailandda ogʻir kasallikka chalingan Oʻzbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

Bosh konsulxona xorijda ogʻir ahvolda qolgan Oʻzbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish ishlarini davom ettirmoqda.

Oʻzbekiston fuqarosi I.S. 3-mart kuni Tailandning Pattaya shahrida insultga chalinishi natijasida shoshilinch tarzda kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

U ogʻir jarrohlik operatsiyasini boshdan kechirdi. Amalga oshirilgan muolajalarga qaramay, bemor tanasining chap tomoni ishlamay qoldi. I.S. Tailandga ishlash maqsadida kelgan, ammo tibbiy sugʻurta olmagan, shuningdek, ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini ham tuzmagan. Ushbu holatlar tibbiy xarajatlarni toʻlashda qiyinchiliklar sabab boʻldi.

Shunga qaramay, 28-mart kuni bemorning yaqinlari, doʻstlari va faol vatandoshlar saʼy-harakatlari bilan tibbiy xarajatlarni qoplash va samolyot orqali bemorni oilasi bagʻriga qaytarish uchun zarur mablagʻ yigʻildi.

Bosh konsulxona xorijda ogʻir ahvolda qolgan Oʻzbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish ishlarini davom ettirmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling