Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Tailanddan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

U o‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan.

Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroport hududida Milliy markaziy byuro xodimlari tomonidan Tailanddan deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarosi X.K. ushlandi. Bu haqda O‘zbekistondagi Interpol Milliy markaziy byurosi xabar berdi.

U O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tashabbusi bilan o‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan. 

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ayblanuvchi chet elga qochib, tergovdan yashiringan va xalqaro qidiruvga eʼlon qilingan.

Qidiruvdagi shaxs Tailandda ushlandi va keyingi tergov tadbirlarini o‘tkazish uchun O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling