Ayni kunlarda respublika hududida keskin issiq ob-havo kuzatilmoqda. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, harorat ko‘tarilishi natijasida poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi.
Havo harorati yuqori vaqtda yerusti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida ham harorat juda yuqori bo‘ladi.
Shu bilan birga, harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar sovitish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkinligi maʼlum qilindi.
Shuningdek, tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar harakat jadvalida ko‘rsatilgan vaqtdan kechroq manzilga yetib borishi mumkin.