Amerika Qo‘shma Shtatlariga viza olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Ma’lum qilinishicha, Sayxunobod tumanida fuqaro I.R. fuqaro Sh.X.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 10 ming dollar evaziga AQSHga borishi uchun talabalik vizasini olib berishini aytgan.
Shundan 5 ming dollar va 26 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling