Samarqanddagi 3 ta tarixiy masjid binolari buzib tashlangani maʼlum bo‘ldi

Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda

Samarqand viloyatidagi XIX – XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid binolari buzib tashlanganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, yana bittasi tegishli ruxsatsiz taʼmirlangan. Buning oqibatida yodgorliklarga jami 46,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Xususan, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kushoq ota” masjidi buzilib, yodgorlikka 19,6 mlrd, Urgutdagi “Ahmad Yassaviy” va “Hoji O‘rinboy” masjidlari buzilib, yodgorliklarga 17 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Shuningdek, Samarqand tumanidagi “Kulba” arxitektura yodgorligi ruxsatsiz taʼmirlanganligi natijasida 10,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling