Toshkentda taroveh namozi o‘qilishi sabab ayrim koʻchalarda harakat cheklanadi

Ushbu koʻchalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.

Toshkent shahrida “Taroveh” namozi oʻqilishi munosabati bilan 28-fevraldan boshlab har kuni soat 18:00 dan 00:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yoʻllar transport vositalari harakati uchun cheklanadi.

Mirzo Ulugʻbek tumani boʻyicha:

  • Tepa masjidi - Doʻrmon yoʻli koʻchasidan Olimlar koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.

Bektemir tumani boʻyicha:

  • Alibek masjidi - M.Avezov koʻchasidan X.Boyqaro koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.

Yashnobod tumani boʻyicha:

  • Islom ota masjidi - Fargʻona yoʻli koʻchasi ikkinchi darajali yoʻldan Zarkent va Obishir koʻchalariga qadar harakat cheklanadi.
  • Ali ibn Abu Tolib masjidi - Choʻlpon koʻchasidan Salohiyat koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.

Mirobod tumani boʻyicha:

  • Valixoʻja oʻgʻli Norxoʻja masjidi - Yangi-Qoʻyliq-Fayziobod koʻchalari kesishgan chorrahadan 5-tor Fayziobod koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.
  • Qoʻyliq ota masjidi - TXAY-Qoʻyliq ota koʻchalari kesishgan chorrahadan Yangi Qoʻyliq tor koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.

Sergeli tumani boʻyicha:

  • Maʼruf ota masjidi - Choshtepa koʻchasidan 1-tor Choshtepa koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.
  • Noʻgʻayqoʻrgʻon masjidi - Yangi Sergeli–S.Xoʻjanov koʻchalari kesishmasidan- S.Xoʻjanov Mohidil koʻchalari kesishmasigacha qadar harakat cheklanadi.

Yakkasaroy tumani boʻyicha:

  • Usmon bin Maʼzum masjidi - KXAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY-Qushbegi chorraxasigacha qadar harakat cheklanadi.
  • Yakkasaroy masjidi - SH.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bogʻu boʻston chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
  • Rakat masjidi - J.Shoshiy koʻchasidan Askiya koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.

Yangihayot tumani boʻyicha:

  • Niyozmat ota masjidi - TXAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar harakat cheklanadi.

Shayxontoxur tumani boʻyicha:

  • Shayx Zayniddin (Koʻkcha) masjidi - Koʻkcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Koʻkcha Darvoza Beshqayragʻoch chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
  • Kamolon masjidi - Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-2-tor Ustazoda chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Olmazor tumani boʻyicha:

  • Hazrati imom masjidi - Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy-A.Qodiriy chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
  • Islomobod masjidi - KXAY-Sagʻbon chorrahasidan Nurafshon-Sagʻbon chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
  • Doʻstjonboy (Sulola) masjidi - Sagʻbon-12-tor Sagʻbon chorrahasidan Keles yoʻli-Noraztepa chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Yunusobod tumani boʻyicha:

  • Mirza Yusuf masjidi - Bogʻishamol koʻchasida Shivli koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani boʻyicha:

  • Abdullox ibn Masʼud (Katta Qani) masjidi - Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa koʻchasi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
  • Xazrati Ali masjidi - Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamaxshari koʻchasigacha qadar harakat cheklanadi.

Chilonzor tumani boʻyicha:

  • Novza masjidi - Bunyodkor-Muqumiy koʻprigi tagidan 2-darajali yoʻl, Bunyodkor-Kamolon koʻprigiga qadar harakat cheklanadi.
  • Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi - Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan Soʻgalli ota koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.
  • Ubay ibn Kaʼf (Boʻrijar) masjidi - Al-Xorazmiy-Katta Xirmontepa chorrahasidan, Al-Xorazmiy koʻchasi boʻylab, Al-Xorazmiy-Katta Qani chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.

Ushbu koʻchalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling