“Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanadi

2025-yildagi 1-mavsum gʻoliblari 21-mart — Navroʻz bayrami kuni eʼlon qilinadi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanib, 20-martga qadar davom etadi.

Bunda:

  • Loyiha kiritish bosqichi — 1–20-fevral;
  • Saralash bosqichi — 21-fevral–7-mart;
  • Targʻibot bisqichi — 8–10-mart;
  • Ovoz berish bosqichi — 11–20-mart kunlari oʻtkaziladi.

2025-yildagi 1-mavsum gʻoliblari 21-mart — Navroʻz bayrami kuni eʼlon qilinadi.

“Oʻz hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish boʻyicha tashabbus koʻrsating, faol boʻling!”, – deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling