Tergovchi va advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi DXX.
Namangan viloyati IIB Tergov boshqarmasi tergovchisi o‘zining ish yurituvida bo‘lgan, Chust tumanida yashovchi 20 yoshli fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini uning foydasiga ijobiy hal qilib, tugatib yuborishni vaʼda qiladi.
Buning evaziga ishga aloqador bo‘lmagan advokat orqali 40 ming dollar talab qilgan.
Chust tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokatlar hay‘ati advokati gumonlanuvchining otasidan 40 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, advokatdan 30 ming dollarni olgan vaqtida tergovchi ham qo‘lga olindi.
Hozirda tergovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan, advokatga esa JKning 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.