Termiz tuman sudi sudya yordamchisining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi, deb xabar berdi DXX.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudining sudya yordamchisi sudda ko‘rilayotgan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan yengillik yaratib berishi evaziga dastlab 500 ming so‘m pulni olib, qo‘shimcha 800 dollar talab qiladi.
Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sudya yordamchisi o‘zining qarindoshi vositachiligida 800 dollarni olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.