2-avgustdan boshlab, 6 ta bekatdan iborat Texnopark – Yangiobod bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.
Bunga rejali profilaktik ishlar amalga oshirilishi sabab bo‘ladi.
Texnopark-Qipchoq-Texnopark metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tonggi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.