Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etishga moyil 418 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi

169 nafar shaxslar qamoqqa olinib, 42 ta jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qoʻyildi

DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan 27-31-yanvar kunlari mamlakat miqyosida “Antiterror-tozalash” keng koʻlamli tadbirlari olib borildi.

Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va unga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi shaxs va jinoiy guruhlarni aniqlash maqsadida jami 946 ta maxsus tadbirlar oʻtkazildi.

Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etishga moyil, respublikadagi kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi 418 nafar shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi.

Jinoyat ishlari doirasida 169 nafar shaxslar qamoqqa olinib, 42 ta jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qoʻyildi. 399 nafar shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilib, ularning 270 nafari maʼmuriy qamoqqa olindi. 109 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi. 

536 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, 402 nafari rasmiy ogohlantirildi. 

Shuningdek, tadbirlar davomida noqonuniy muomaladan 80 ta qurol oʻq-dorilari bilan, 30 kg 337 gr giyohvandlik vositalari, 4 ming 521 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari, 186 dona tigʻ, 22 dona bita va 17 dona kastetlar olindi. 

Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi tezkor tadbirlar boshqa yoʻnalishlarda ham davom ettiriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling