Futbol mutaxassisi Timur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyligidan ketdi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Kapadze O‘FA rahbariyatiga lavozimidan ozod etilish to‘g‘risida murojaat qilgan.
Mutaxassisga boshqa taklif tushgani hamda u o‘z murabbiylik faoliyatini bosh murabbiy sifatida davom ettirish niyatida ekanligini bildirgan.
O‘FA rahbariyati uning qarorini hurmat bilan qabul qilgani qo‘shimcha qilindi.