Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga oʻrinbosar tayinlandi

U tayinlovga qadar “Uzbekistan Airways” AJda faoliyat yuritgan.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga oʻrinbosar tayinlandi, deb xabar berdi Joʻqorgʻi Kenges matbuot xizmati.

Maʼlum qiilnishicha, Timur Yusupov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

U tayinlovga qadar “Uzbekistan Airways” AJning Yerdagi inshootlardan foydalanish va transport boshqarmasining boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling