"30 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Erondan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali evakuatsiya qilindi" – TIV

Fuqarolarning xavfsizligini ta‘minlash maqsadida barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

16-iyun holatiga ko‘ra, 30 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Erondan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali muvaffaqiyatli evakuatsiya qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur jarayonda yaqindan ko‘mak bergan Turkmaniston, Ozarbayjon va Eronlik hamkasblarimizga chuqur minnatdorlik bildirildi.

Fuqarolarning xavfsizligini ta‘minlash maqsadida barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Eron va Isroildagi elchixonalar 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda.

Ayni paytda ushbu davlatlarda bo‘lib turgan fuqarolarga xavfsiz joylarda bo‘lish, rasmiy axborotlarni doimiy ravishda kuzatib borish va elchixonalar bilan aloqada bo‘lish tavsiya etildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling