Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Shuningdek, Azam Kadirxodjayev Geologiya fanlari universiteti rektori lavozimiga tayinlandi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan sohaga berilayotgan e‘tibor sabab qator yutuqlar qo‘lga kiritilayotgani, katta loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Shu bilan birga sohada kadrlar tayyorlashga jiddiy e‘tibor qaratish zarurligi, xorijiy tajribani o‘rgangan holda ta‘limda yangi marralarni zabt etish muhim ahamiyatga ega ekani, inson resurslarini to‘g‘ri boshqarish katta natijalarga erishishga xizmat qilishi ta‘kidlandi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Rustam Yusupov tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari lavozimiga, Azam Kadirxodjayev Hukumatning tegishli qarori bilan Geologiya fanlari universiteti rektori lavozimiga tayinlangani ma‘lum qilindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling