To‘rtta davlatning O‘zbekistondagi elchilari tayinlandi

Tojikiston, Somali, Albaniya va Burundi davlatlari O‘zbekistonga elchilarini tayinladi.

Tojikiston, Somali, Albaniya va Burundi davlatlari O‘zbekistonga elchilarini tayinladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Jumladan: 

  • Nasredin Ismatullo Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi;
  • Fatxudin Ali Mohamed Somalining O‘zbekistondagi birinchi elchisi;
  • Gentz Petsani Albaniyaning O‘zbekistondagi elchisi;
  • Jozef Nkurunziza Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi bo‘ldi.

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov balcha elchilarga O‘zbekistondagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling