O‘zbekiston Qurolli Kuchlari bosh shtabi boshlig‘i, general-polkovnik To‘lqin Qosimov vafot etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.
To‘lqin Qosimov 1962-yildan boshlab 2003-yilga qadar O‘zbekiston Qurolli Kuchlar safida xizmat qilib, harbiy okrug qo‘mondoni, mudofaa vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasi boshlig‘i hamda Qurolli Kuchlari bosh shtabi boshlig‘i kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Xizmati davomida I-II-darajali “Shon-sharaf”, "Qizil yulduz" va II-III-darajali "Vatanga xizmati uchun" ordenlari hamda ko‘plab medallar bilan taqdirlangan.