Prezident Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining markaziy va janubiy shtatlarida ro‘y bergan halokatli tornadolar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani, jarohat olgani va katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan Donald Trampga taʼziya maktubi yo‘lladi.
O‘zbekiston yetakchisi vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.