Yangiyoʻl shahrida fuqaro F.U. fuqaro X.M.ga 4,5 ming dollarni 58,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, tezkor tadbir jarayonida 4,7 ming dollar,11 mln soʻm va 20 turk lirasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Izboskan va Yangiqoʻrgʻon tumani hamda Qarshi shahrida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar N.O. 4,5 ming dollarni 58,9 mln soʻmga sotgan vaqtida, fuqaro J.U. 3,4 ming dollarni 44,2 mln soʻmga sotgan vaqtida, fuqaro B.A. 3,7 ming dollarni 48,2 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling