Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkent va vodiy viloyatlarida sel xavfi eʼlon qilindi

Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor

To‘rtta viloyatda sel xavfi eʼlon qilindi, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.

20–22-iyun kunlari yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda va shu bois, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel xavfi eʼlon qilinmoqda. 

  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahri.

Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling