Toshkent viloyatida oʻtkazilayotgan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida “Tigʻ” maxsus profilaktik tadbirlari oʻtkazilmoqda. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir davomida koʻcha va jamoat joylari, shuningdek boshqa hududlarda oʻtkir tigʻli ashyolarni noqonuniy ravishda olib yurgan 147 nafar shaxs aniqlandi.
Ulardan umumiy hisobda 149 dona oʻtkir tigʻli ashyo (sovuq qurol) aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilib olindi.
Aniqlangan ashyolardan 137 tasi pichoq, 4 tasi kastet 2 tasi bita boʻlsa, qolgan 6 tasi boshqa koʻrinishdagi tigʻli jismlarni tashkil qilgan.