Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

​​Toshkent aeroportida 8 oyda 500 dan ziyod taqiqlangan buyumlar musodara qilindi

Ulardan sovuq qurollar, harbiy qurol-yaroq va ularga o‘xshatmalari, pirotexnika vositalari.

​​Toshkent aeroportida joriy yil boshidan 500 dan ziyod taqiqlangan buyumlar musodara qilindi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

1-yanvardan 30-avgustgacha bo‘lgan davrda, Toshkent aeroportida 535 ta taqiqlangan buyum musodara qilingan. 

Ulardan sovuq qurollar (pichoqlar, xanjarlar, kastetlar), harbiy qurol-yaroq va ularga o‘xshatmalari, pirotexnika vositalari (paqildoqlar, bengal chiroqlari), gaz va qalampirli ballonlar, dubulg‘alar va elektroshokerlar, kimyoviy moddalar va ko‘p maqsadli qurilmalar (o‘yinchoqli to‘pponchalar, brelokli o‘qlar, shuningdek, dronlar).

"Hatto suvenirli o‘qlar va o‘yinchoqli qurollar ham shubha uyg‘otishi va reys kechikishiga yoki samolyot bortida hodisa yuz berishiga sabab bo‘lishi mumkin. Tashish qoidalariga rioya etish o‘z navbatda nazoratdan oson o‘tishga yordam berishi bilan birga, parvozlar xavfsizligini ta‘minlashda ham muhim rol o‘ynaydi", deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling