Toshkent shahar hokimligi so‘nggi oylarda poytaxtda ayrim quruvchilar tomonidan qurilish me‘yorlari va qonunchilik talablari buzilishi holatlari ko‘plab aniqlanganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ba‘zilari zarur ruxsat beruvchi hujjatlar, ekspertiza xulosalari va texnik ma‘lumotnomalarni olmasdan qurilishni boshlab, fuqarolarga noqonuniy ravishda uy-joy sotishga uringan.
Bunday xatti-harakatlar natijasida ayrim fuqarolar vijdonsiz kompaniyalarga ishonib, jamg‘armalarini yo‘qotib, uy-joysiz qolmoqda.
Toshkentning bir qator tumanlarida to‘liq hujjatlar to‘plamiga ega bo‘lmagan 59 ta obyektda qurilish ishlari butunlay to‘xtatildi, obyektlar elektr ta‘minotidan uzib qo‘yildi. Qurilish maydonlarida nazorat va monitoring ishlari davom ettirilmoqda, har bir qonunbuzarlik holati bo‘yicha qonuniy choralar ko‘riladi.
Poytaxt hokimliigi tadbirkorlar va quruvchilarga murojaat qilar ekan, qurilish yoki savdo faoliyatini boshlashdan avval, barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirib olishni tavsiya qildi.