Toshkent metrosi Ramazon hayiti kuni odatdagidan 1 soat oldin ish boshlaydi

Soat 04:00 dan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlanadi

Toshkent metrosi 30-mart — Ramazon hayiti kuni odatdagidan 1 soat oldin ish boshlaydi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, soat 04:00 dan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlanadi va poyezdlar harakati intervali shanba kuni uchun belgilangan jadval asosida tashkil etiladi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan qoʻshimcha dam olish kunida (31-mart) metro poyezdlari intervali yakshanba kuni uchun tasdiqlangan grafik asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling