Toshkent metrosida bayram kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti qanday tartibda amalga oshirilishi maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, 6-iyun — Qurbon hayiti bayrami kuni Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, tonggi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlaydi.
Bundan tashqari, hayit bayrami kunida barcha yo‘lovchilar uchun Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, metro yo‘lovchilariga bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida quyidagicha tartibda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi:
- 7-iyun — shanba kuni uchun belgilangan jadval bo‘yicha;
- 8-iyun — yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi.