Oʻzgidromet 23-noyabr, payshanba kuni havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra:
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda. Harorat kechasi 3-5° sovuq, kunduzi 1° sovuq-1° iliq boʻladi.
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.
BUXORO NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq boʻladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va kunduzi baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq boʻladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkun. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq -3° iliq, boʻladi.
RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOGʻLI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq boʻladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling