Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi “Iqbol” mahallasi hududida, avtomobil yo‘li yonida joylashgan ehson qutisini ochib, ichidagi pullarni olishga uringan 20 yoshli J.M. ushlandi.
Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida, ushbu fuqaro narkotik va psixotrop moddalarni “zakladchik” sifatida faoliyat yuritayotgani aniqlandi.
Ushlangan shaxs yonidan 9 dona qadoqlangan, kuchli taʼsir qiluvchi moddaga o‘xshash dori vositalari topildi va xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB tomonidan tergov harakatlari ishlari olib borilmoqda.