Toshkent viloyatida noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi

Noqonuniy faoliyat yuritgan mazkur shaxslarga nisbatan qonunlarda belgilangan tartibda jazo tayinlandi.

Toshkent viloyatida 21 yoshli va 43 yoshli ikki nafar ishsiz fuqaro noqonuniy diniy o‘qish tashkil qilganliklari fosh etildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Jumladan, 21 yoshli fuqaro Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan xonadonlardan birida 31 nafar bolalarga, 43 yoshli fuqaro esa Toshkent tumanidagi xonadonlardan birida 12 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy saboq bergan.

Noqonuniy faoliyat yuritgan mazkur shaxslar hamda bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan qonunlarda belgilangan tartibda jazo tayinlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling