Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Qo‘shbegi ko‘chasida joylashgan Yakkasaroy kichik sanoat zonasi hududidagi Sintepon ishlab chiqarish sexida 1-may kuni soat 07:01 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 07:04 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in 07:45 da o‘rab olingan va soat 08:09 da o‘chirilgan.
Yong‘in bartaraf etilgandan so‘ng, yong‘in joyini o‘rganish davomida 2 nafar fuqaroning jasadlari aniqlangan. Shuningdek, 5 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan.
Yong‘in ishlab chiqarishda texnologik jarayonni buzilishi natijasida yuzaga kelganligi taxmin qilinmoqda.
Yong‘inni bartaraf etishga 11 ta asosiy, 6 ta maxsus turdagi yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan.
Yong‘in natijasida sexning taxminan 700 kv m maydonda tomi, shifti va mahsulotlari yonib zararlangan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.