Aylanma yoʻllar orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Maʼlum qilinishicha, Chilonzor tumanida chet el fuqarosi N.S. fuqarolar Z.E. va I.S.ning ishonchiga kirib, ularni 40 ming dollar evaziga Meksika orqali AQSHga chegaradan oʻtkazib qoʻyishini aytib, oldindan 4 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, fuqarolar J.T. va R.T. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni 18 ming dollar evaziga aylanma yoʻllar orqali AQSHga yuborishini aytib, oldindan 5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.