Fargʻona va Sirdaryo viloyatlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Fargʻona viloyatida “A.Z.” xususiy korxonasi ish boshqaruvchisi M.M. korxonaga qarashli Toshloq tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida tijorat maqsadida tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulangan. Natijada 286 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Shuningdek, Yangiyer shahrida fuqaro O.X. “Navroʻzobod” MFY hududidagi novvoyxonada tijorat maqsadida tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 202,1 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.