Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyatida fuqarolar Yu.I. va A.Sh. yashash xonadonlarida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, jami 404,6 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Shuningdek, Yunusobod tumanida fuqaro X.P. va boshqalar oʻzaro til biriktirib “Buyuk Turon” MFY hududidagi noturar binoda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 206,6 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Bundan tashqari, Bulungʻur tumanida fuqaro K.X. “Mexrjon” MFY hududidagi novvoyxonada tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 190,5 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov haraktlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling