Toshkent viloyatida Lexus yo‘l chetida turgan Nexia va piyodani urib yubordi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Toshkent viloyatining Toshkent tumani hududidan o‘tgan M39 “Almati — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yo‘lining 812 kmda 4 mart kuni soat tahminan 12:40 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, haydovchi 2005-yilda tug‘ilgan A.S Toyota Lexus mashinasini boshqarib ketayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi harakatsiz turgan Nexia‘ni va uning yonida turgan piyoda 1960-yilda tug‘ilgan fuqoro Sh.Sh ni urib yuborgan.

Hodisa oqibatida piyoda turli xildagi tan jarohatlari olib, tuman markaziy shifohonasiga yotkizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling