Erkin Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Prezident ishtirokida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 

Davlat rahbari aholi va tadbirkorlarning fikrini o‘rganib, Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarayotgan Erkin Turdimovni tavsiya etishga qaror qilganini qayd etdi. 

Viloyat faollarining fikrlari tinglanib, hokimni tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Erkin Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. 

Hokim Sirdaryoni rivojlantirish bo‘yicha rejalarini hayotga, aholi turmush tarziga ko‘chirib, viloyatni eng ilg‘or hududlardan biriga aylantirish uchun kelasi yil viloyatga jami 3 milliard dollar investitsiya kiritish, eksportni 500 million dollarga yetkazish, 185 ming odamni band qilish bo‘yicha qattiq ishlashi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling