O‘zbekistonga to‘rt oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi

Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 987,9 ming nafarga yoki 46,4 foizga oshgan.

O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 3,1 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 987,9 ming nafarga yoki 46,4 foizga oshgan. 2025-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha:

  • Qirg‘iziston – 942,2 ming nafar
  • Tojikiston – 793,9 ming nafar
  • Qozog‘iston – 617,2 ming nafar
  • Rossiya – 240,1 ming nafar
  • Afg‘oniston – 156,6 ming nafar
  • Turkmaniston – 109,6 ming nafar
  • Turkiya – 49,4 ming nafar
  • Xitoy – 38,1 ming nafar
  • Hindiston – 22,6 ming nafar
  • Italiya – 11,1 ming nafar
  • Boshqa davlatlar – 136,8 ming nafar
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling