Turkiyada 6,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi barcha o‘zbekistonliklarni xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirmoqda.

Turkiyaning Istanbul shahrida 6,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi.

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya Marmara dengizida, Istanbul viloyati qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lganini maʼlum qildi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi barcha o‘zbekistonliklarni osoyishta bo‘lishga, rasmiy manbalar orqali tarqatilayotgan ma‘lumotlarni kuzatib borishga hamda xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling