Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan musodara qilingan 2 tonna 135 kg 188 gr giyohvandlik vositalari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.
Shularning 99 kg 882 gr geroin, 202 kg 555 gr opiy, 415 kg 124 gr gashish va 395 kg 739 gr marixuana tashkil etadi. Shu bilan birga:
- 613 kg 94 gr kannabis o‘simligi,
- 153 kg 15 gr ko‘knor boshog‘i va somoni,
- 57 kg 847 gr mefedron,
- 29 kg 603 gr a-PVP,
- 5 kg 750 gr spays,
- 5 kg 544 gr katinon yoqib yo‘q qilindi.