Ualid Fuk Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi bo‘ldi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Vazir ikki davlat o‘rtasidagi mustahkam tarixiy zamin va boy an‘analarga ega munosabatlar so‘nggi yillarda yuqori sur‘atlar bilan rivojlanib, strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini yozdi.
"Janob Elchiga mamlakatimizdagi faoliyatida yuksak muvaffaqiyatlar va samarali mehnat tilaymiz", deyiladi xabarda.