Avvalroq Sirdaryoda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 3 kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.
IIV holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berdi.
Taʼkidlanishicha, holat yuzasidan JKning 192¹¹-moddasi 1-qismi, 257-moddasi 2-qismi “a,b“ bandlari va 259-moddasi 2-qismi “a,b“ bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bek Family Cafe MCHJ mansabdor shaxslarining 3 nafari protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Hozirda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i Ramazon Ashropov boshchiligida hamkor idoralarning mutaxassislaridan tashkil topgan tergov guruhi tomonidan barcha zaruriy tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.
Tergov jarayoni nazoratga olingan bo‘lib, yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.