Farg‘onadagi do‘konlardan biri yonib ketdi

Hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani, Navro‘zshox ko‘chasida joylashgan kiyim-kechak do‘konida 23-mart tungi 19:42 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, do‘konning 70 kv metr maydonida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘inga yong‘in-qutqaruvchilar 19:44 da yetib borib, 19:47 da o‘rab olinib, 19:55 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling